O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-100-son Farmoniga muvofiq, 2026-yil 1-iyundan 2030-yil 1-yanvarga qadar belgilangan mezonlarga javob beradigan korxonalar uchun 6 foizlik stavka bo'yicha soddalashtirilgan QQS to'lash tartibi joriy etiladi. Biroq 6% stavka hamma uchun avtomatik ravishda tejamkorlikni anglatmaydi: bu rejimda xaridlar bo'yicha kiruvchi QQS hisobga olinmaydi va to'g'ridan-to'g'ri tannarxga kiritiladi.