2024-yildan kuchga kiradigan yangi soliq o‘zgarishlari asosida biznes uchun quyidagi imtiyoz va yengilliklar joriy etiladi:
2024-yil 1-sentyabrdan boshlab:
Eksport operatsiyalari bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘ini (QQS) qoplashda endi bojxona organlari belgi qo‘ygan qog‘ozli tovar kuzatuv hujjatlarini taqdim etish talab etilmaydi. Buning o‘rniga soliq organlari bojxona organlaridan real vaqt rejimida kelib tushadigan tovarlarning olib o‘tilishi to‘g‘risidagi elektron ma’lumotlardan foydalanadi. Bu ma’lumotlar eksport faktini tasdiqlashga xizmat qiladi.
2024-yil 1-oktyabrdan boshlab:
Turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatuvchi kompaniyalar uchun to‘langan QQSning bir qismini davlat byudjetidan qaytarish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Ushbu chora 2028-yil 1-yanvarga qadar amal qiladi va quyidagi shartlarni o‘z ichiga oladi:
Umumiy ovqatlanish koarxonalari:
Agar naqd pulsiz hisob-kitoblar oylik aylanmaning 60 foizidan ortig‘ini tashkil etsa, kompaniya to‘langan QQSning 40 foizi miqdorida qaytarma olishi mumkin.
Agar naqd pulsiz hisob-kitoblar 60 foizdan kam bo‘lsa, qaytarma to‘langan QQSning 20 foizini tashkil etadi.
Turizm va mehmonxona biznesi sohasidagi kompaniyalar:
To‘langan QQS summasining 20 foizi miqdorida qat’iy belgilangan qaytarma belgilangan.
2025-yil 1-yanvardan 2028-yil 1-yanvargacha:
Umumiy ovqatlanish korxonalari uchun foyda solig‘i stavkasi 50 foizga pasaytiriladi.
Xulosa:
Soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlarni kuzatib borish va ularni o‘z faoliyatida to‘g‘ri qo‘llash oson emas. Azma Finance taqdim etilgan barcha imtiyozlardan samarali foydalanishingiz uchun sizga buxgalteriya yordami bilan yordam berishga tayyor.Saytimizda ariza qoldiring va mutaxassislarimiz Siz bilan bog‘lanadi.