Ko'plab tadbirkorlar birinchi marta tovar import qilganda bojxonada 12% QQS to'lab, o'zlarini «avtomatik ravishda QQS to'lovchisiga aylandik» deb hisoblashadi. Bu xavfli yanglishishdir. Bojxona QQS to'lovi — bu shunchaki import operatsiyasining majburiy to'lovi bo'lib, u korxonani ichki QQS to'lovchisiga aylantirmaydi va unga soliqlarni zachyot qilish huquqini bermaydi.