Tadbirkorlikning oldindan aytib bo‘lmaydigan olamida ko‘proq xavf qilgan emas, balki zarbaga tayyor turgan g‘olib chiqadi. Moliyaviy yostiq — bu biznesni foydali qiladigan narsa emas, ammo uni og‘ir vaziyatda yopilishdan saqlab qoladigan sug‘urta.
O‘zbekistonda tadbirkorlar ko‘pincha to‘lovlarning kechikishi, narxlarning o‘zgarishi, hisob-kitoblardagi beqarorlikka duch keladi. Shunday sharoitda zaxira mablag‘ga ega bo‘lish — hayotiy zarurat.
Moliyaviy yostiq nima va u nimaga kerak?
Moliyaviy yostiq — bu biznes uchun oldindan chetga qo‘yilgan mablag‘, u quyidagi hollarda qo‘l keladi:
- kassadagi uzilishlar;
- tushumning pasayishi;
- mijozlar to‘lovini kechiktirganda;
- mavsumiy tushkunlik;
- favqulodda xarajatlar (ta’mir, jarima, yetkazib berishdagi muammolar).
Nega bu muhim?
- Daromad qisqarganda ham ishni barqaror davom ettirish.
- Hodimlar, hamkorlar va davlat oldidagi majburiyatlarni bajarish.
- Qarorlarni shoshmasdan, to‘g‘ri qabul qilish imkoniyati.
- Inqiroz davrida xatoliklardan qochish.
- Tashqi zarbalardan keyin tezroq tiklanish.
2020–2023 yillardagi tajriba shuni ko‘rsatdiki, moliyaviy yostiqsiz qolgan ko‘plab kompaniyalar inqiroz davrida yopilishiga majbur bo‘ldi.
Qancha mablag‘ yig‘ish kerak?
Optimal miqdor — biznesingizning asosiy xarajatlari uchun 3 oydan 6 oygacha bo‘lgan summa.
Hisoblash tartibi:
- Oylik majburiy xarajatlarni belgilang: ijara, ish haqi, soliqlar, kreditlar, logistika, xomashyo.
- Himoyalanish muddatini tanlang (odatda 3–6 oy).
- Oylik xarajatni tanlangan oylar soniga ko‘paytiring.
👉 Masalan: agar oylik xarajatlaringiz 45 mln so‘m bo‘lsa, 4 oylik yostiq = 180 mln so‘m.
Eslatma: o‘zgaruvchan va majburiy bo‘lmagan xarajatlarni qo‘shmang. Moliyaviy yostiq — minimal, ammo barqaror ishlash uchun.
Moliyaviy yostiqni qanday shakllantirish mumkin?
- Alohida hisob oching. Mablag‘larni aralashtirmaslik va ortiqcha sarflamaslik uchun.
- Doimiy foiz ajrating. Har oy foydaning 5–10% qismini zaxiraga o‘tkazing.
- Jarayonni avtomatlashtiring. Avtomatik o‘tkazmalarni sozlang, odatga aylansin.
- Summani yangilab boring. Biznesingiz kattalashgani sari yostiq ham kattalashishi kerak.
- Xavfli vositalarga sarmoya qilmang. Moliyaviy yostiq likvid va tezkor bo‘lishi kerak. Eng yaxshi variant — qisqa muddatli depozit yoki oddiy hisob.
Mablag‘ni qayerda saqlash kerak?
- Bankdagi alohida hisobda.
- Muddatidan oldin yechib olish mumkin bo‘lgan qisqa depozitlarda.
- Import bilan ishlaydigan bizneslar uchun — ko‘p valyutali hisoblarda.
Asosiy qoida: yostiq mablag‘lari darhol foydalanish uchun ochiq bo‘lishi kerak.
Moliyaviy yostiq – boshqaruv madaniyatining belgisi
Moliyaviy yostiq — bu biznesning pishiq va barqaror ekanligidan dalolat. Banklar, investorlar, hodimlar va mijozlar bunday kompaniyaga ko‘proq ishonadi. Yostiq mavjud bo‘lgan korxonalar tezroq moslashadi, kengayadi va inqirozdan chiqib ketadi.
Azma Finance biznesingizga moliyaviy yostiqni to‘plashni ilk barqaror foydalardan boshlashni tavsiya qiladi. Hattoki kichik miqdor ham umuman yo‘qligidan yaxshiroq. Muhimi — muntazamlik va intizom.
Xulosa
Moliyaviy yostiq — bu ortiqcha emas, balki asosiy xavfsizlik elementi. U biznesni nafaqat omon qolishga, balki obro‘ va ishonchni saqlab qolishga yordam beradi. Uni to‘plash — bu barqaror rivojlanishga sarmoya.
👉 Azma Finance sizga yordam beradi:
- buxgalteriya va hisobotni avtomatlashtirish;
- hujjatlarda tartib o‘rnatish;
- soliqlar va muddatlarni nazorat qilish;
- mijozlar oldida ishonchli ko‘rinish yaratish.
Azma Finance orqali ulaning va biznesingizni ishonch bilan qurishni boshlang!