Birlamchi hisob hujjatlari buxgalteriya hisobi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi, ularda xo‘jalik operatsiyalarini o‘tkazish faktlari va ularni amalga oshirish bo‘yicha tasarruflar qayd etiladi.
Xo‘jalik operatsiyasi (XO) - mulkning tarkibini yoki uning joylashgan joyini, yoki shakllanish manbalarini o‘zgartiradigan ma’lum bir harakat. Shuningdek, XO byudjetni shakllantirish, kompaniya mulkining tuzilishi, xususiy kapitali va qarz mablag‘lari va zaxira kapitalidagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
XOga misollar:
1. Ta’minot (xom ashyoni kelib tushishi, mablag‘larni yetkazib beruvchiga o‘tkazish, xom ashyoni ishlab chiqarishga kiritish).
2. Realizatsiya (mahsulotlar realizatsiyasi uchun xarajatlar, daromad kelib tushishi, mahsulotlarni sotish).
3. Ishlab chiqarish (xodimlarga ish haqini to‘lash, asosiy vositalar amortizatsiyasi, pudratchi ishini qabul qilish, pul mablag‘larini pudratchiga o‘tkazish).
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan savdo va servis sohasida olinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) haqi bank korporativ plastik kartalaridan foydalangan holda to‘langanida to‘lov terminallarining cheklari ham boshlang‘ich hisob hujjatlari deb tan olinadi.
Boshlang‘ich hisob hujjatlari xo‘jalik operatsiyalari amalga oshirilayotgan paytda yoki operatsiyalar amalga oshirib bo‘linganidan keyin tuziladi.
Hisobot davriga tegishli bo‘lgan xo‘jalik operatsiyalari, agar ular amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar olinmagan bo‘lsa, tegishli boshlang‘ich hujjat rasmiylashtirilib, buxgalteriya hisobida aks ettiriladi.
Boshlang‘ich hisob hujjatlarining majburiy rekvizitlari quyidagilardir:
- buxgalteriya hisobi subyektining nomi;
- hujjatning nomi va raqami, u tuzilgan sana va joy;
- xo‘jalik operatsiyasining nomi, mazmuni va o‘lchov birliklari ko‘rsatilgan miqdor o‘lchovi (natura va pulda ifodalangan holda);
- xo‘jalik operatsiyasini bajargan shaxslarning (shaxsning) identifikatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan familiyasi hamda ismi va otasi ismining bosh harflari yoxud boshqa rekvizitlari ko‘rsatilgan holda lavozimlari nomi va imzolari.(2003-yil 23-dekabrdagi “Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjat aylanishi to‘g‘risida”gi Nizom)
Boshlang‘ich hisob hujjatlarini tuzgan hamda imzolagan shaxslar ularning o‘z vaqtida, to‘g‘ri va ishonchli tuzilishi, shuningdek buxgalteriya hisobida aks ettirish uchun belgilangan muddatlarda topshirilishiga javobgardir.
Boshlang‘ich hisob hujjatlari elektron hujjat tarzida tuzilishi va taqdim etilishi mumkin.
Boshlang‘ich hujjatlardagi yozuvlar ularni arxivda belgilangan muddatlarda saqlanishini ta’minlaydigan siyoh, sharikli ruchka pastasi, yozuv mashinalari, mexanizatsiya vositalari va boshqa vositalar yordamida amalga oshirilishi lozim.
Yozuvlar uchun qalamdan foydalanish taqiqlanadi.
Boshlang‘ich hujjatlar va registrlardagi bo‘sh qatorlar chizilishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Boshlang‘ich hujjatlar va hisob registrlarini imzolash huquqiga ega bo‘lgan shaxslar ro‘yxati korxona rahbari yoki u tomonidan qonunchilik hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda belgilanadigan shaxslar tomonidan tasdiqlanadi.