Qo‘lda yuritiladigan Excel jadvallari tadbirkor vaqtini oladi va hisob-kitoblarda xatoga sabab bo‘ladi. 2026-yilda Soliq kodeksining 81-moddasiga muvofiq soliq organlari EHF va onlayn-KXM ma’lumotlari asosida aylanma solig‘i hamda bir qator boshqa hisobotlarni proaktiv tarzda shakllantiradi, ammo ularni har oyning 15-sanasigacha my3.soliq.uz da tekshirish va tasdiqlash mas’uliyati biznesda qoladi.
Azma Finance QQSsiz ishlaydigan YaTT (1% aylanma solig‘i 1 mlrd so‘mgacha, PQ-247; ijtimoiy soliq 1 BHM = 440 000 so‘m/oy, PF-115) va MCHJlar (aylanma solig‘i 12 000 BHM = 5,28 mlrd so‘mgacha, PF-100) uchun hisob-kitob va hisobot tekshiruvini avtomatlashtiradi.
2026-yilda uchta asosiy soliq xatari
- Chegara nazorati: YaTT uchun 1 mlrd so‘mlik 1% stavka chegarasini hamda barcha bizneslar uchun 12 000 BHM (5,28 mlrd so‘m, PF-100) majburiy QQS chegarasini o‘tkazib yubormaslik.
- Hujjat va ERI intizomi: E-IMZO kaliti muddati, EHFdagi IKPU kodlari va YAMM (my.mehnat.uz)dagi mehnat shartnomalari o‘z vaqtida yangilanishi shart.
- Proaktiv hisobotni tekshirish: tizim shakllantirgan hisobotdagi chek va faktura tafovutlarini 15-sanagacha tuzatish.
Ko‘p beriladigan savollar
1) Jarima masalasida mas’uliyat qanday belgilanadi?
Hamkorlik shartlari ommaviy ofertaning 12.5-bandi bilan tartibga solinadi: moliyaviy sanksiyalar faqat ijrochining isbotlangan aybi mavjud bo‘lganda oferta shartlarida ko‘rsatilgan tartibda qoplanadi.
2) Aylanma 12 000 BHM (5,28 mlrd so‘m) dan oshsa nima bo‘ladi?
PF-100 ga muvofiq kompaniya yoki YaTT majburiy QQS (12% yoki ayrim sohalarda 6% soddalashtirilgan QQS) va foyda solig‘iga o‘tadi. Azma chegaraga yaqinlashganda oldindan ogohlantiradi.
Manbalar: PF-100, PF-115.