Kichik korxonalarda hisob va hujjat aylanishi tartibga solinmasa, tekshiruvlarda jarima, hisob raqam bloklanishi va moliyaviy yo‘qotishlar kelib chiqadi. Quyida 2026-yilda eng ko‘p uchraydigan 10 ta xato va ularning yechimi keltirilgan.
1. Shaxsiy va biznes pullarini aralashtirish
Tadbirkor shaxsiy kartasidan biznes xarajatlari yoki tushumi uchun foydalansa, soliq bazasi chalkashadi. Biznes uchun alohida hisob raqam va korporativ kartadan foydalaning.
2. Xodimlarni YAMMda rasmiylashtirmaslik
Haqiqiy mehnat munosabatlarini fuqarolik shartnomasi bilan almashtirish yoki xodimni my.mehnat.uz (YAMM)da kechiktirib kiritish mehnat va soliq jarimalariga olib keladi.
3. Kichik xarajatlarni va hujjatlarni hisobga olmaslik
Chek, EHF va dalolatnomalarsiz sarflangan mablag‘lar foyda va marja ko‘rsatkichlarini buzadi hamda tekshiruvda asoslanmaydi.
4. Hisobni oxirgi kunga qoldirish
SK 81-moddasiga ko‘ra 2026-yilda hisobotlarning bir qismi proaktiv shakllanadi, biroq chek va EHF tafovutlarini har oyning 15-sanasigacha my3.soliq.uz da tekshirish kerak.
5. Jarayonlarni avtomatlashtirmaslik
Qo‘lda Excel yuritish o‘rniga bank, kassa va EHF ma’lumotlarini birlashtiruvchi yechimlardan (masalan, QQSsiz bizneslar uchun Azma Finance) foydalaning.
6. Hisobot va to‘lov muddatlarini o‘tkazib yuborish
Bir kunlik kechikish ham penya va hisob raqam bo‘yicha cheklovlarga sabab bo‘lishi mumkin. Faoliyat bo‘lmaganda ham nol darajali hisobot holatini nazorat qiling.
7. Hujjatlar arxivini yuritmaslik
Shartnomalar, dalolatnomalar, EHF va kadr hujjatlarining elektron hamda asl nusxalarini qonunchilikda belgilangan kamida 5 yil (kadrlar bo‘yicha uzoqroq) muddatda saqlang.
8. Soliq rejimi va chegaralarini rejalashtirmaslik
YaTTlar uchun 1% stavka chegarasini (1 mlrd so‘m) hamda umumiy QQS chegarasini (12 000 BHM = 5,28 mlrd so‘m, PF-100) doimiy kuzatib boring; avvalgi qat’iy belgilangan JSHDS 2026-yildan bekor qilingan.
9. Kontragent va o‘zaro hisob-kitoblarni solishtirmaslik
Hamkorlar bilan debitor-kreditor qarzlarni va EHF statuslarini muntazam solishtiring.
10. Mutaxassis yordamidan o‘z vaqtida foydalanmaslik
Murakkab savollarda Azma Financega murojaat qilib, QQSsiz biznes hisobi, EHF va YAMM kadrlar jarayonini tizimli yo‘lga qo‘ying.