Azma Finance foydali blogi

O'zbekistonda frilanserlar uchun nima afzal: O'zini o'zi band qilishmi yoki YaTT?

O‘zbekistonda frilanserlar uchun 2026-yilgi soliqlar: o‘zini o‘zi band qilish yoki YaTT?

2026-yil 1-yanvardan PQ-247-son qarorga ko‘ra frilanserlar uchun soliq qoidalari yangilandi: avvalgi o‘zini o‘zi band qilganlarning 100 mln so‘mgacha soliqsiz chegarasi hamda YaTTlarning qat’iy belgilangan JSHDSi bekor qilindi. Endi ikkala maqomda ham yillik tushum 1 mlrd so‘mgacha bo‘lganda 1% aylanma solig‘i amal qiladi.

1. O‘zini o‘zi band qilgan shaxs va YaTT o‘rtasidagi asosiy farqlar

  • Soliq stavkasi (1 mlrd so‘mgacha): ikkalasida ham 1% aylanma solig‘i (PQ-247).
  • Ijtimoiy soliq (PF-115, 1 BHM = 440 000 so‘m): o‘zini o‘zi band qilgan shaxs pensiya staji uchun yiliga kamida 1 BHM (440 000 so‘m)ni ixtiyoriy to‘laydi; YaTT esa har oyda 1 BHM (440 000 so‘m) to‘lashga majbur.
  • Xodimlar va B2B: o‘zini o‘zi band qilgan shaxs xodim yollay olmaydi va ruxsat etilgan ro‘yxat doirasida ishlaydi; YaTT xodim yollashi (YAMM orqali) va EHA da EHF taqdim etishi mumkin.
  • Valyuta tushumi: Upwork, Fiverr yoki xorijiy mijozlardan kelgan tushum bank hisobvarag‘i va invoys/shartnoma (zarur hollarda E-Kontrakt/EIVO) orqali rasmiylashtiriladi.

2. Qachon YaTT yoki MCHJga o‘tish kerak?

Agar jamoa yollamoqchi bo‘lsangiz, mahalliy B2B kompaniyalarga muntazam EHF chiqarsangiz — YaTT; aylanma o‘sib hamkorlar bilan yirik shartnomalarga o‘tsangiz (12 000 BHM = 5,28 mlrd so‘m chegarasigacha QQSsiz) — MCHJ qulay.
QQSsiz frilanser-YaTT yoki MCHJ buxgalteriyasini yuritishda yordam kerakmi? Azma Finance bilan bog‘laning.

Manbalar: PF-115, PF-100.