O‘zbekistonda YaTT ochish: 2026-yilda tadbirkorlikni boshlash qo‘llanmasi
2026-yilda yakka tartibdagi tadbirkor (YaTT) sifatida ro‘yxatdan o‘tish to‘liq raqamlashtirilgan: ariza OneID orqali 15–30 daqiqada topshiriladi, soliqlar esa aylanma asosida hisoblanadi.
1. Ro‘yxatdan o‘tish shartlari va OKED
YATT faqat ruxsat etilgan faoliyat turlari bilan shug‘ullanishi mumkin; ulgurji savdo yoki aksizli tovarlar uchun MCHJ ochish kerak. Mos kodni OKED tanlash bo‘limida tekshirishingiz mumkin. Yuridik manzil sifatida YaTTning yashash manzili olinadi.
2. Ariza topshirish va davlat boji (BHM 440 000 so‘m)
Ariza my.gov.uz yoki new.birdarcha.uz orqali topshiriladi. PF-115-son Farmonga ko‘ra 1 BHM = 440 000 so‘m: onlayn topshirishda 10% chegirma bilan 0,9 BHM (396 000 so‘m), DXMda esa 1 BHM (440 000 so‘m) to‘lanadi. Shundan so‘ng bankda hisob-kitob raqami (masalan, onlayn hisob ochish) ochiladi.
3. 2026-yil soliqlari va hisoboti
- 1% aylanma solig‘i (PQ-247): 2026-yildan avvalgi qat’iy belgilangan JSHDS bekor qilingan — yillik tushumi 1 mlrd so‘mgacha bo‘lgan YaTTlar 1% aylanma solig‘i to‘laydi.
- Ijtimoiy soliq: daromad bor-yo‘qligidan qat’i nazar oyiga kamida 1 BHM (440 000 so‘m) to‘lanadi va pensiya stajiga kiradi.
- Proaktiv hisobot: SK 81-moddasiga ko‘ra hisobotlar har oy avtomatik shakllanadi va 15-sanagacha tekshirilib to‘lanadi (nol darajali hisobotlar ham nazorat qilinadi).
- Majburiy QQS chegarasi (PF-100): yillik aylanma 12 000 BHM (5,28 mlrd so‘m) dan oshganda umumiy rejimga o‘tiladi.
4. Kassa, EHF va xodimlar
Naqd va karta to‘lovlarida onlayn-KXM va to‘g‘ri IKPU kodlari, yuridik shaxslar bilan ishlashda esa elektron hujjat aylanishi (EHA) shart. Xodim yollanganda mehnat shartnomalari my.mehnat.uz (kadrlar hisobi) tizimida ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Shuningdek, marketpleys sellerlari komissiya emas, to‘liq sotuv summasidan soliq hisoblaydi.
QQSsiz YaTT buxgalteriyasini avtomatlashtiring: YATT uchun buxgalteriya xizmatini Azma Finance orqali ulang (tariflar: 399 000 / 799 000 / 1 499 000 so‘m/oy).
Manbalar: PF-115, PF-100.
Manbalar: PF-115, PF-100.